Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida 20-may kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

17:25 19 May 2024 Jamiyat
402 0

“Oʻzgidromet” 20-may, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 22-24° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 10-15° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?