Oʻzbekistonliklarning Tailandga safarlari 2,3 barobarga oshdi
Illyustrativ foto
Tailandga turistik maqsadlarda boruvchi oʻzbekistonliklar soni 2,3 barobarga ortdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Qoʻmita maʼlumotlarida keltirilishicha, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 16,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan. Fuqarolarimiz orasida xorijga chiqish imkoniyatlarining kengaygani, aviaqatnovlar sonining ortgani va Tailandning viza tartiblaridagi yengilliklar bu oʻsishning asosiy omillaridan biri boʻldi.
Yanvar-may oylarida Tailandga borgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari asosan sayohat boʻlgan. Shu maqsadda davlatga 14 701 nafar oʻzbekistonlik borgan. Shuningdek 1 761 nafar fuqaro qarindoshlarni yoʻqlash uchun Tailandga safar qilgani maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari, 60 nafar xizmat yuzasidan, 25 nafar davolanish va 8 nafar oʻqish maqsadlari bilan qilingan safarlar qayd etildi.
Avvalroq 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 15,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Vyetnamga safar qilgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring