Oʻzbekistonliklarning BAAdagi jinoyatlari vizasiz rejim bekor qilinishiga sabab boʻlishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh oʻzbekistonliklar Dubay shahri koʻchalarida mushtlashgani va ish pichoqbozlikkacha borib yetgani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Ahror Burhonov mazkur holat vizasiz rejim bekor qilinishiga sabab boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, Dubay shahrida oʻzbekistonliklar oʻrtasida yuzaga kelgan holat boʻyicha aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston diplomatlari Dubay jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazgan.
Uchrashuvda BAA tomoni mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari olib borilayotganini, 15 nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olinganini maʼlum qilgan.
Shuningdek, soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari koʻpayayotgani ikki davlat oʻrtasidagi vizasiz tartibga taʼsir koʻrsatishi mumkinligi taʼkidlangan.
Burhonovning qoʻshimcha qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligi mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.
“Oʻzbekiston fuqarolarini xorijdagi yurtdoshlarimiz shaʼniga dogʻ tushiruvchi harakatlardan tiyilishga chaqiramiz”, deb yozadi TIV matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring