Oʻzbekistonliklar koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarga 18,8 trillion soʻm sarfladi

16:06 09 Noyabr 2025 Iqtisodiyot
258 0

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 18,8 trln soʻmga yetgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 11,3 trln soʻm;
  • Toshkent viloyati – 1,3 trln soʻm;
  • Samarqand viloyati – 933,8 mlrd soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 795,3 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati – 664,8 mlrd soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 540,1 mlrd soʻm;
  • Namangan viloyati – 539,3 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati – 484,7 mlrd soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 480,9 mlrd soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 419,8 mlrd soʻm;
  • Xorazm viloyati – 410,2 mlrd soʻm;
  • Navoiy viloyati – 387,4 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati – 233,6 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 222,2 mlrd soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 foizga oʻsgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер