Oʻzbekistonliklar 2024-yil davomida dori vositalari uchun qancha pul sarflashgan?

Mamlakat boʻylab onlayn nazorat-kassa texnikasi mavjud boʻlgan 8,5 mingdan ortiq dorixonalardagi fiskal cheklar maʼlumotlari tahlili eʼlon qilindi. Bu haqida “Davlat soliq qoʻmitasi” maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston aholisi dori-darmonlarga 19,7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ sarflagan. Shundan 15,7 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ import qilingan dori vositalariga, qariyb 4 trillion soʻm esa mahalliy dori vositalariga sarflangan.
Aholi jon boshiga nisbatan toʻgʻri keladigan eng yuqori xarajat Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan. Poytaxtda 2024-yil davomida aholi jon boshiga 1,7 million soʻmlik dori vositalari xarid qilingan. Shuningdek, 746 ming soʻm bilan Buxoro viloyati ikkinchi, 660,7 ming soʻm bilan Samarqand viloyati uchinchi pogʻonadan joy oldi.
Aholi jon boshiga nisbatan toʻgʻri keladigan eng kam xarajatlar Surxondaryo viloyatida qayd etilib, 289,5 ming soʻmni tashkil etgan. Ikkinchi oʻrinda 302,3 ming soʻm bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 308,9 ming soʻmlik koʻrsatkich bilan Qashqadaryo viloyati uchinchi oʻrinda qayd etilgan.
2024-yil davomida umumiy eng katta xarajatlar ham Toshkent shahriga toʻgʻri kelib, poytaxtda yil davomida 5 trillion soʻmlik dori vositalari xarid qilingan. Undan keyingi oʻrinlarda 2,6 trillion soʻm bilan Samarqand viloyati ikkinchi, 1,5 trillion soʻm bilan Fargʻona viloyati uchinchi oʻrinni egalladi.
“Poytaxt koʻrsatkichlari yirik tibbiyot muassasalarining aynan ushbu hududda joylashganligi hisobiga shakllangan”, — deyiladi xabarda.
2024-yil davomidagi eng kam xarajat Jizzax viloyatida kuzatilib, 536 milliard soʻmni tashkil etgan. Undan soʻng 490 milliard soʻm bilan Navoiy viloyati ikkinchi, 442,5 milliard soʻm bilan Sirdaryo viloyati uchinchi boʻldi.
Maʼlumot uchun, fiskal cheklar maʼlumotlari tahliliga koʻra, eng koʻp mablagʻ yurak-qon tomir kasalliklari, infeksion kasalliklar, ogʻriq qoldiruvchi vositalar, asab tizimi hamda oshqozon-ichak kasalliklarini davolash uchun moʻljallangan dori vositalariga sarflangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring