O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi jahon chempionatida oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi
Muhammadqodir Toshtemirov Saudiya Arabistonida o‘tayotgan jahon chempionatida oltin va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
-81 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz dast ko‘tarishda 164 kg bilan oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa. Siltab ko‘tarishda u 188 kg natija qayd etdi. Bu natija unga mazkur yo‘nalishda medal taqdim qilmagan bo‘lsa ham, yakunda ikki kurash hisobida 352 kg bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborli tomoni, mazkur vaznda indoneziyalik Rahmat Abdulloh autsayderlar qatnashadigan B guruhida supachaga chiqib siltab ko‘tarishda 209 kg toshni ko‘tardi va jahon rekordini o‘rnatish bilan birga Toshtemirovni ikki kurash natijalari bo‘yicha ortda qoldirib, kumush medalga ega chiqdi.
Ushbu vazn toifasidagi sovrindorlar:
Oskar Martines (Italiya) - 356 (163+193) kg
Rahmat Abdulloh (Indoneziya) - 354 (145+209) kg
Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) - 352 (164+188) kg
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring