Oʻzbekistonlik va rossiyalik olimlar koronavirusni yoʻq qiladigan yangi usulni aniqlashdi

Oʻzbekiston va Rossiya olimlari radiatsiyaning kuchsiz miqdori koronavirusni yoʻq qilishini aniqlashdi. Bu haqda Ural federal universiteti (UrFU) matbuot xizmatiga asoslanib “Sputnik” manbasi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, radiatsiyaning COVID-19 ga taʼsirini UrFU va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari oʻrganmoqda. Qoʻshma tadqiqotlar davomida yumshoq rentgen va ultra binafshaning koronavirusga oʻzgacha taʼsiri aniqlangan.
Virusning RNK molekulasi inson hujayrasiga tushganda, koʻp joylarda butun uzunligi boʻylab uning shakli oʻzgaradi. Olimlar RNK molekulasining bu oʻzgargan joylari sogʻlom hujayralar molekulariga qaraganda radiatsiyaga ming marotaba sezgirroq ekanini aniqlagan. Shuning uchun virusni oʻldiradigan doza sogʻlom hujayralarga zarar yetkazmaydi.
Oʻz navbatida, ular radiatsiya virusning har qanday mutatsiyasini inson organizmiga hech qanday zarar yetkazmagan holda yoʻq qilishini aniqlashgan. Radiatsiyadan nafaqat insonni davolash va kasalliklarning oldini olishda, balki buyum, mahsulotlar va xonalarni dezinfeksiya qilishda foydalanish ham taklif qilinmoqda.
Hozirda mutaxassislar jamoasi bu kashfiyot asosida davolash qoʻllanmasi ustida ish olib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring