Oʻzbekistonlik UFC jangchisi tajribali raqibga qarshi oktagonga koʻtariladi

13:40 11 May 2024 Sport
440 0

Toshkent vaqti bilan ertaga, 12-may tonggida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Sent-Luis shahri mezbonligida UFC on ESPN turniri boʻlib oʻtadi. Unda oʻzbekistonlik taniqli MMA jangchisi Nursulton Roʻziboyev Amerika vakili Xoakin Bakliga qarshi jang qiladi.

Turnirning markaziy jangida esa ogʻir vaznda amerikalik Derrik Lyuis braziliyalik Rodrigo Nasimentoga qarshi oktagonga koʻtariladi.

Maʼlumot uchun, 30 yoshli Roʻziboyev shu vaqtga qadar MMAʼda 34 ta jangda gʻalaba qozongan, 8 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Roʻziboyevga tengdosh boʻlgan Bakli esa 24 ta jangda qatnashib, shulardan 18 tasida zafar quchgan, 6 ta toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер