Oʻzbekistonlik sportchi Olimpiyada medali uchun bahs olib boradi
Foto: MOQ
Bugun, 16-fevral kuni Oʻzbekiston sportchilari Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi. Xususan, Medet Nazarov hamda Daniil Yeybog musobaqadagi bahslarda oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdi.
Togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Medet Nazarov slalom dasturidagi birinchi startini oʻtkazdi. Kuchli qor ostida kechgan shiddatli bahslarda hamyurtimiz 1:07.51 natija qayd etdi.
Endi u 17:30 da start oladigan ikkinchi start bilan ishtirokini davom ettiradi.
Shuningdek, short-trekchi Daniil Yeybog ikkinchi dasturdagi ishtirokini omadli boshladi. U 500 metr masofada kechgan saralash bosqichida startga chiqib, kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtdi.
Endi u 18-fevral kuni medallar uchun bahs olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring