Oʻzbekistonlik para pauerliftingchi Ruxshona Oʻktamova jahon va Osiyo rekordini yangiladi
Foto: O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi
Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklaring Dubay shahrida para pauerlifting boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Xususan, bugun Jahon kubogi doirasida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda hamyurtimiz Ruxshona Oʻktamova (-55 kg) yakkalikda 102 kg, umumiy hisobda 199 kg ogʻirlikni boʻysundirib, 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Eʼtiborlisi, Ruxshona ushbu natijasi bilan yoshlar oʻrtasida Osiyo va jahon rekordini oʻrnatdi. Bundan tashqari, u jahon reytingda 8-oʻringa koʻtarilib olib, "Parij-2024" yozgi Paralimpiya oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritish uchun muhim qadam tashladi.
Vakilimiz Aqidaxon Axtamova (-50 kg) yakkalik bellashuvlarida 103 kg natija bilan kumush, umumiy natijaga koʻra 301 kg natija bilan oltin medalga sazovor boʻldi. Roʻza Qoʻziyeva (-73 kg) esa yakkalikda 120 kg natija bilan bronza, umumiy natijaga koʻra 345 kg natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Erkaklar oʻrtasida Husniddin Usmonov (-88 kg) yakkalikda 206 kg natija bilan bronza, umumiy natijalarga koʻra esa 612 kg natija qayd etgan holda oltin medalga sazovor boʻldi.
Yakkalik bellashuvlarida Farhod Umrzoqov (-97 kg) 217 kg, Ilhom Halimov (-107 kg) 221 kg ogʻirlikni boʻysundirib bronza medallariga egalik qildi.
Musobaqa davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring