Oʻzbekistonlik matematiklar Xitoydagi turnirda 6 ta medal qoʻlga kiritdi

Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
«II Xalqaro matematika yozgi oromgohi – 2024»da Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining barchasi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalarini oʻtkazish va iqtidorli oʻquvchilarni saralash boshqarmasi xabar berdi.
Xitoyda xalqaro yigʻinda ishtirok etayotgan matematika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 5 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Mazkur xalqaro tayyorgarlik ikkinchi marta XXR tomonidan tashkil qilingan boʻlib, joriy yil 11-22-iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida oʻtkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan oʻziga xos sinov vazifasini bajarmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Axtamov Ozodbek (10-sinf) kumush, Boboqulov Asadbek (akademik litsey 1-bosqich talabasi), Gʻaffarov Rasulbek (9-sinf), Suyunova Madina (11-sinf), Zohidjonov Elbek (9-sinf) va Jaylovov Toʻlqin (9-sinf) bronza medaliga ega chiqishdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, ushbu intellektual oromgoh 15-iyun – 3-iyul kunlari boʻlib oʻtdi. Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340 ga yaqin terma jamoa aʼzolari va trenerlari «II Xalqaro matematika yozgi oromgohi – 2024»da ishtirok etishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring