Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan

Boks boʻyicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqoʻziyevning qonidan doping topilgan. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar tarqatdi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqoʻziyevning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab boʻlgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Bektemir Meliqoʻziyev Oʻzbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan soʻnggi Oʻzbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bunga uning jarohati sabab qilib koʻrsatilgan.
Hozircha Meliqoʻziyevning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanksiyalar qoʻllanilgani borasida aniq maʼlumotlar yoʻq.
Ayni vaqtda Meliqoʻziyev mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Oʻzbekiston terma jamoasi Quvayt bilan 2 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring