Oʻzbekistonlik haydovchilardan Afgʻonistonda undiriladigan yigʻimlar miqdori kamaytirildi

07:54 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
186 0

Foto: Transport vazirligi

Afgʻoniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijalariga koʻra oʻzbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yigʻimlar 6 500 afgʻoni miqdorida (taxminan 99 AQSH dollari) kamaytirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Bildirilishicha, Amudaryo koʻprigidan oʻtish uchun avval 12 000 afgʻoni (taxminan 182 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yigʻimni joriy yil 28-sentyabrdan 7 000 afgʻoni (taxminan 106 AQSH dollari);

Afgʻonistonga yuk avtotransport vositasini kirishi uchun avval 5 000 afgʻoni (taxminan 76 AQSH dollari) miqdorida undiriladigan yigʻim esa 3 500 afgʻoni (taxminan 53 AQSH dollari) etib belgilangan.

“Bugungi kunda Transport vazirligi tomonidan Transafgʻon multimodal transport yoʻlagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yigʻimlar miqdorini optimallashtirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?