Oʻzbekistonlik chavandozlar “Millatlar kubogi”da yetakchiga aylandi
Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida joylashgan «Maxima stables» ot sporti klubida konkur boʻyicha “Millatlar kubogi”ning navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Quvonarlisi, yakunda terma jamoamiz vakillari umumjamoa hisobida peshqadamlikni qoʻlga olishdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Yevrosiyo ot sporti assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada chavandozlarimiz bir qator yoʻnalishlarda gʻalaba qozonishdi. Jumladan, yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan CSI-CH dasturida Boburjon Valijonov eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medal bilan taqdirlandi. Terma jamoalar miqyosida kechgan bellashuvlarda yigitlarimiz kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Qayd etish joiz, chavandozlarimiz bu yilgi yirik musobaqalarda 9 ta oltin, 11 ta kumush va 5 ta bronza medallari jamgʻarishga muvaffaq boʻldilar. “Millatlar kubogi”ning ortda qolgan 3 bosqichi yakuniga koʻra jamoamiz eng katta ballni qoʻlga kiritib turibdi.
1. Oʻzbekiston – 260
2. Qirgʻiziston – 220
3. Rossiya – 170
“Millatlar kubogi”ning yakuniy bosqichi 4-8-avgust kunlari ushbu viloyatdagi «Ivanovskoye» ot sporti klubida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring