Oʻzbekistonlik bokschi qiz “erkaklikda gumon qilingan” raqibiga imkoniyatni boy berdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sitora Turdibekova “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-57 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz Sitora Turdibekova “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlarida ikkinchi bor ringga koʻtarildi. Ikki karra jahon chempioni, Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Lin bilan bellashgan hamyurtimiz 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Gap shundaki, Xitoy Taypeyi vakilasi aslida qiz bola ekanligi, shunchaki tanasida testosteron moddasi normadan koʻproq ekanligi bildirgan. Shunga qaramay, koʻplab xalqaro sport nashrlari Yu Ting Linning oʻgʻil bola ekanligini iddao qilgan.
Qayd etish kerakki, Sitora Turdibekova ushbu turnirda munosib ishtirok etdi va haqiqiy matonat koʻrsata oldi.
“Xalq soʻzi” sportchimizga keyingi turnirlarda omad tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring