Oʻzbekistonlik 3 nafar shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100likda bormoqda
Foto: Arxiv surat
Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2023-yilning ilk oyida FIDEning 100 nafar eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatini eʼlon qildi.
Eʼtiborlisi, ushbu reytingdan mamlakatimizning 3 nafar shaxmatchisi joy oldi.
Mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko jamgʻargan holda 30-qatorda qayd etilgan boʻlsa, Rustam Qosimjonov 2678 ochko bilan 61-oʻrinda koʻrinish berdi. Shuningdek, umidli sportchimiz Javohir Sindorov 2654 ochkoga ega boʻlgan holda roʻyxatning 94-pogʻonasini band etib turibdi.
Reytingning eng yuqori qismida niderlandiyalik Magnus Karlsen(2859), xitoylik Lijen Din (2811), rossiyalik Yan Nepomnyaщiy (2793), Fransiya sharafini himoya qilayotgan Aliriza Firudja (2785), AQSH bayrogʻi ostida oʻynayotgan Xikaru Nakamura (2768) kabi shaxmatchilar borishmoqda.
Shuningdek, FIDE eʼlon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Abdusattorov 4-oʻrindan, Javohir Sindorov 9-oʻrindan joy olgan boʻlsa, yosh qizlarning yuztalik roʻyxatida isteʼdodli shaxmatchi qizimiz Umida Omonova (2155) 65-oʻrinda, Afroʻza Hamdamova (2143) 72-qatorni egallashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring