Oʻzbekistonlik 15 yoshli qiz Paralimpiya oʻyinlari kumush medaliga ega chiqdi
Foto: Paralimpiya qoʻmitasi
Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya oʻyinlari davom etmoqda.
Kecha, 6-sentyabr kuni para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston delegatsiyasining 15 yoshli aʼzosi Shahina Yigitaliyeva 43,12 metr natija qayd etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, Shahina Yigitaliyeva Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008-yil 16-oktyabrda tugʻilgan.
Birinchi oʻrin 43,77 metr natija bilan venesuelalik Morillo Gil Naibis Daniyelaga, uchinchi oʻrin esa buyuk britaniyalik Arnold Holliga nasib qildi (40,59 metr). Shuningdek, ushbu yoʻnalishda qatnashgan yana bir oʻzbekistonlik sportchi Roziya Ergasheva 35.98 metr natija koʻrsatgan holda 9-oʻrinni egalladi.
Shahinaning natijasi orqali delegatsiya hisobidagi medallar soni 23 taga yetdi (9 ta oltin, 8 ta kumush, 6 ta bronza) va bu bilan Oʻzbekiston onlayn medallar jadvalidagi oʻrnini (12-oʻrin) mustahkamladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring