O‘zbekistonlik 11 yoshli bola AQShda o‘tkazilgan Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘ldi

17:33 15 Mart 2018 Madaniyat
4579 0
Foto: Stapico


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan 11 yoshli Ibrohim Rustam Tadbir AQShning Nyu-York shtati Bruklin shahrida Amerika musulmonlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Qur’on musobaqasida g‘olib bo‘ldi.

“Amerika ovozi” radiostansiyasining xabariga ko‘ra, Ibrohim oilasi bilan okean ortiga ko‘chib borgan bo‘lib, Florida shtati Orlando shahridagi nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlar o‘rgatiladigan Al-Buxoriy nomidagi Islom markazida ta’lim olgan.

Mazkur tanlovda qariyb yigirmaga yaqin davlat arboblari, dunyoning turli davlatlaridan kelgan 45dan ziyod talabalar ishtirok etdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер