Oʻzbekistonlik 1000 nafar yosh Germaniyaga ishlash va tahsil olish uchun yuboriladi
Arxiv surat
Samandar PARDABOYEV/ «Xalq soʻzi». Yurtimizda yoshlarning chet tillari va kasb-hunar oʻrganishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda yoʻlga qoʻyilgan «Germaniyada kasbiy taʼlim» loyihasi ana shu maqsadga xizmat qilishi bilan katta ahamiyatga ega. Uning doirasida 5 687 nafar yigit-qizlarning nemis tili oʻquv kurslarida oʻqitish yoʻlga qoʻyilmoqda.
— Loyihaning dastlabki bosqichida nemis tilini oʻrgangan 503 nafar yosh Germaniya Federativ Respublikasida kasbiy taʼlim olish va ishlash uchun yuborildi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining bosh mutaxassisi Mahliyo Shukurova. — Yil yakuniga qadar yana 1000 nafar yigit-qizni mazkur mamlakatga joʻnatish rejalashtirilgan. Oʻtgan oyda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish, nemis tilini oʻrganish boʻyicha hududlarda mavjud sharoit va imkoniyatlarni tahlil qilish maqsadida nemis tilini oʻqitishga ixtisoslashgan repetitorlar va oʻquv markazlari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazilib, takliflar oʻrganildi. Ularning fikrlarini inobatga olgan holda, ayni paytda kasbga yoʻnaltirilgan hamda nemis tilini oʻrgatishga qaratilgan videodarsliklarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Yaqinda yoshlar oʻrtasida nemis tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqish va ishtiyoqni oshirish, targʻibot ishlarini kengaytirish niyatida «Global koʻprik» nomli ilmiy-ommabop hujjatli film tasvirga olindi. Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida namoyish etilgan filmning ilk soni Germaniyada ishlab, tahsil olayotgan yoshlar hayotiga bagʻishlandi.
Bundan tashqari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda respublikamizdagi 33 ta tibbiyot texnikumlarida oʻquvchilar uchun bepul nemis tili kurslari tashkil etildi. Andijon viloyati, Izboskan tumani «Urganji» mahallasida nemis tilini yoshlarga chuqur oʻrgatish maqsadida 20 nafar yosh ishtirokida nemis tili oʻquv kursi tashkil etildi. Keyinchalik ushbu mahalla tajribasi asosida mamlakatimizdagi 9 452 ta mahallada yoshlarga nemis tilini oʻrgatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring