Oʻzbekistonga yuqori hosilli bugʻdoy navlarining 20 ming tonna urugʻi keltirildi
Uzoq yillardan buyon ekib kelinayotgan gʻalla navlarini serhosil va turli stress omillarga chidamli navlar bilan yangilash hamda gʻalla navdorligi, don va un mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida respublika hududlarining iqlim sharoiti va ob-havoning turli xil stress faktorlariga bardoshli Rossiya seleksiyasiga mansub ertapishar, yuqori hosilli bugʻdoy navlarining 20 ming tonna urugʻligi Jizzax viloyatidagi «Kenteks» MCHJ agroklasteri tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga olib kelindi.
Bugungi kunda ushbu urugʻlik donni belgilangan tartibda tozalash, saralash, dorilash va qadoqlash boʻyicha tadbirlar olib borilmoqda. Urugʻlik donni respublika boʻylab kuzgi muddatlarda ekish uchun gʻalla yetishtiruvchi agroklaster va fermer xoʻjaliklariga toʻgʻri taqsimlash hamda yetkazib berish ishlari esa Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Import qilingan mazkur urugʻlar hisobiga Oʻzbekiston sharoitida gʻalla hosildorligi 10-15% ga oshishi kutilmoqda. Bunda urugʻning oʻz vaqtida olib kelinishi katta ahamiyatga ega, chunki erta ekilgan urugʻ yuqori hosil olinishiga puxta zamin yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tomonidan 2023-yil hosili uchun urugʻlik gʻalla maydonlarida oʻtkazilgan dala aprobatsiyasi natijalariga koʻra, 77,8 ming gektar yer maydonlari yaroqli deb topildi hamda 270 ming tonnadan ortiq urugʻlik don jamgʻarildi. Soha olim va mutaxassislarining koʻp yillik tahlillariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining Krasnodar oʻlkasidagi P.P.Lukyanenko nomidagi Don milliy markazi seleksiyasiga mansub respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, tabiatning turli stress omillariga chidamli serhosil bugʻdoy navlarining yuqori avlodli urugʻliklari hisobiga boshoqli don ekinlaridan yuqori va barqaror hosil yetishtirish imkoniyatlarini bermoqda.
Mazkur markaz seleksioner olimlari bilan 1997-yildan buyon hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan boʻlib, har yili ushbu ilmiy muassasaning 25-30 ta yangi seleksion nav va liniyalari sinovdan oʻtkazilib, mahalliy sharoitlarga introduksiya qilib kelinyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring