Oʻzbekistonga yana 90 ming doza “Sputnik V” vaksinasi keltiriladi — SSV

21:12 05 Avgust 2021 Jamiyat
706 0

Internet tarmoqlarida “Sputnik V” vaksinasining komponentlari yetishmovchiligi kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bunga javoban, Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qildi:

Shu kunga qadar mamlakatimizga 370 ming doza “Sputnik V” vaksinasi olib kelingan. Ularning 230 000 dozasi 1 – komponent, 140 000 dozasi 2-komponent hisoblanadi.

2021-yil 4-avgust holatiga koʻra, 341 260 doza “Sputnik V” emlash jarayonlarida qoʻllanilgan boʻlib, 212 818 nafar shaxs vaksinaning faqat birinchi dozasini olgan. 128 442 nafar fuqaro 2-dozani ham qabul qilib, toʻliq emlangan.

Maʼlum boʻlmoqdaki, vaksinaning har ikkala komponentlari miqdori tenglashishi uchun yurtimizga yana 90 ming doza vaksina keltirilishi kerak. “Sputnik V«ning 90 ming dozalik 2-komponenti yaqin kunlarda yurtimizga keltirilishi kutilmoqda.

Qolaversa, Gamaleya nomli ilmiy tadqiqot instituti direktori Aleksandr Ginsburg va sohaning qator nufuzli olimlari “Sputnik V” vaksinasining birinchi va ikkinchi komponentlari bilan emlanish oraligʻini 21 kundan 90 kungacha uzaytirish mumkinligini maʼlum qilishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?