Oʻzbekistonga ortda qolgan 8 oy davomida 7,5 million sayyoh keldi

2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 7,5 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning ortda qolgan 8 oyi mobaynida Oʻzbekistonga Qirgʻiz Respublikasidan 2 million 164 ming 521 nafar sayyoh kelgan. Shuningdek, Qozogʻistondan 1 million 769 ming 910 nafar, Tojikistondan 1 million 699 ming 984 nafar, Rossiyadan esa 663 ming 296 nafar fuqarolar tashrif buyurgan.
Bundan tashqari, Afgʻoniston 304 ming 510 nafar, Turkmanistondan 243 ming 512 nafar, Xitoydan 135 ming 408 nafar, Turkiyadan 113 ming 109 nafar, Hindistondan 42 ming 256 nafar, Koreya Respublikasi 30 ming 39 nafar hamda boshqa davlatlardan 349 ming 849 nafar sayyoh turli maqsadlarda mamlakatimizga kelgan.
Maʼlumotlarga koʻra, yanvar-avgust oylarida 5 million 166 ming 373 nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yoʻqlash maqsadida Oʻzbekistonga kelgan.
Umumiy tashrif buyuruvchilar safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
- sayyohlik – 1 million 148 ming 469 nafar;
- xizmat yuzasidan – 837 ming 535 nafar;
- tijorat – 287 ming 747 nafar;
- davolanish – 62 ming 054 nafar;
- oʻqish – 14 ming 216 nafar.
Milliy statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,5 million nafarga yoki 49,1 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring