Oʻzbekistonga eng koʻp kofe Italiyadan import qilinmoqda

10:02 31 Avgust 2022 Iqtisodiyot
784 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 1,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 257,2 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

Kofe mahsulotlari importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 61 tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

— Italiya – 63,6 tonna;

— Braziliya – 45 tonna;

— Rossiya – 31,8 tonna;

— Germaniya – 28,4 tonna;

— Vetnam – 22,4 tonna;

— Polsha – 19,1 tonna;

— Turkiya – 12,7 tonna;

— Belorus – 12,7 tonna;

— Kolumbiya – 2,8 tonna;

— Portugaliya – 2,7 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер