Oʻzbekistonga asosan qaysi mahsulotlar import qilinayotgani aytildi
2025-yil yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSH dollariga yetgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha. import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari, sanoat tovarlari hamda kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar hisobiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston import qilayotgan mahsulotlar tarkibi quyidagicha taqsimlangan:
- Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 foiz);
- Sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 foiz);
- Kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 foiz);
- Xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 foiz);
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 foiz);
- Mineral yoqilgʻi, moylash materiallari va shunga oʻxshash — 2,6 mlrd dollar (7,9 foiz);
- Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 foiz);
- Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilgʻidan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 foiz);
- Hayvon va oʻsimliklar moylari (yogʻlari), yogʻlar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 foiz);
- Ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 foiz);
- Boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 foiz).
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring