Oʻzbekistonga 10 oyda 9,7 million nafar turist keldi
2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 9,7 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Turistlar soni boʻyicha TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Qirgʻiz Respublikasi – 2,8 million nafar;
- Qozogʻiston – 2,3 million nafar;
- Tojikiston – 2,2 million nafar;
- Rossiya – 851,9 ming nafar;
- Afgʻoniston – 388,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
- Xitoy – 217,7 ming nafar;
- Turkiya – 148,1 ming nafar;
- Hindiston – 66,1 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 million nafarga yoki 50 foizga oshgan.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning shu davrida ushbu koʻrsatkich qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring