Oʻzbekistondagi OTMlarda davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari 25 foizga oshiriladi
“2021/2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Hujjatga muvofiq, 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:
birinchidan, davlat buyurtmasi parametrlari doirasida yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olishni kengaytirish, davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021-oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;
ikkinchidan, jamiyatda ayollarning rolini oshirish, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant oʻrinlarini ikki barobarga oshirish;
uchinchidan, OTMlarga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish boʻyicha kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari “Quota.idm.uz” elektron portali orqali shakllantirilganligi;
toʻrtinchidan, vazirlik va idoralar, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyoj yuqori boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashda davlat granti nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ham berilishi;
beshinchidan, oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarini tuman (shahar)lar kesimida taqsimlash.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha boʻladi:
a) bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga – 36 211 nafar;
kechki taʼlim shakliga – 6 325 nafar.
b) magistrlar tayyorlash boʻyicha – 12 914 nafar;
v) nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring