Oʻzbekistondagi xususiy bogʻchalar soni haqida maʼlumot berildi

10:25 07 Noyabr 2025 Jamiyat
173 0

2024-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 38 ming 58 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Hududlar kesimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Samarqand viloyati – 4 ming 507 ta;
  • Andijon viloyati – 4 ming 324 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 4 ming 216 ta;
  • Fargʻona viloyati – 4 ming 189 ta;
  • Namangan viloyati – 3 ming 962 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 3 ming 77 ta;
  • Toshkent viloyati – 2 ming 340 ta;
  • Buxoro viloyati – 2 ming 153 ta;
  • Xorazm viloyati – 2 ming 49 ta;
  • Jizzax viloyati – 1 ming 709 ta;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 ming 874 ta;
  • Navoiy viloyati – 1 ming 466 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 1 ming 145 ta;
  • Toshkent shahri – 1 ming 47 ta.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ularning 28 ming 729 tasini oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etadi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 2023-yilga nisbatan 2 ming 85 taga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер