Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.
Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab chiqish tizimi joriy etilmoqda.
Master-rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjat bilan Hudud master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:
- hudud master-rejasini ishlab chiqishga qoʻyiladigan talablar;
- master-rejani kelishish va tasdiqlash tartibi;
- hudud master-rejasini moliyalashtirish manbalari.
Master-reja quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:
- hududning shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda;
- hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarlicha foydalanilmaganda;
- master-reja asosida boʻsh yer uchastkasi auksionga qoʻyilganda;
- qishloq xoʻjaligi, shaharsozlik va xoʻjalik maqsadidagi yerlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlashda.
Batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi va ushbu hududning dizayn-kodi bilan birga ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan master-reja shaharsozlik hujjati sifatida qabul qilinadi.
Shaharsozlik hujjati sifatida ishlab chiqilgan master-rejani tasdiqlash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2024-yil 22-avgustdan kuchga kirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring