Oʻzbekistondagi barcha gaz toʻldirish shoxobchalari va gaz ballonli mashinalar tekshiruvdan oʻtkaziladi

Buxoro viloyatida 18 sentyabr kuni gaz uskunali avtobus portlashidan soʻng gaz ballonlar bilan jihozlangan avtomobillar va ularga xizmat koʻrsatuvchi gaz toʻldirish shoxobchalari, shuningdek, tabiiy gazda ishlovchi qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalarning “texnik holatini har tomonlama sinchiklab xatlovdan oʻtkaziladi. Bu haqda Bosh vazir tomonidan imzolangan Hukumat farmoyishida koʻrsatib oʻtilgan.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov ikki oy muddatda:
Gaz balloni oʻrnatilgan avtotransport vositalari, shuningdek, ularga xizmat koʻrsatuvchi gaz quyish stansiyalari; tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalarning texnik holatini puxta hamda har tomonlama xatlovdan oʻtkazishi belgilab qoʻyilgan.
Xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra, yoqilgʻi sifatida tabiiy gazdan foydalaniladigan avtotransport vositalari, gaz quyish stansiyalari, qozonxonalar, pechlar va boshqa uskunalardan foydalanish bilan bogʻliq avariyaning oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Maʼlumot uchun, Buxoro viloyatining Kogon tumanidan oʻtgan A-380 yoʻlida Isuzu avtobusiga oʻrnatilgan gaz ballonining portlashi oqibatida besh ayol halok boʻldi va 21 kishi tan jarohati oldi. Portlash avtobus gaz toʻldirish shoxobchasidan chiqib, 700 metrcha yoʻl bosganidan soʻng yuz bergan. Halok boʻlganlar va tan jarohati olganlar makkajoʻxori yigʻim-terimiga ketayotgan edi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning koʻrsatmasiga muvofiq, Kogon tumanidagi hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish va jabrlanuvchilar va qurbonlarning oilalariga har tomonlama yordam koʻrsatish choralarini koʻrish boʻyicha hukumat komissiya tuzilgan.
Buxoro viloyati hokimligi “Mahalla” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligiga jabrlanganlar va halok boʻlgan fuqarolar oilalariga moddiy yordam koʻrsatishi; halok boʻlganlarning jasadi ularning oilalari yashaydigan joyga yetkazilishi va dafn etilishi bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirigʻi berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring