Oʻzbekistonda 3 mingdan ortiq ayol taksistlik qilmoqda
Foto: sunʼiy intellekt
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan taksistlar soni va oʻrtacha narxlar maʼlum qilindi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 7 oyi mobaynida 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga qaraganda 60 taga yuqori.
Yanvar iyul oylarida 262,2 million marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan. Taksi bozori aylanmasi esa 5 trillion soʻmdan oshgan. Shundan 3,6 trillion soʻmi yoki 72,2 foiz qismini naqd toʻlovlar tashkil etgan. Naqdsiz pul oʻtkazmalari esa 1,4 trillion soʻmga yetdi. Shuningdek, oʻrtacha bitta chek narxi 19 077 soʻm boʻlib, oʻtgan yilgi narxlardan 621 soʻmga qimmatlashgan.
Respublikada taksi agregatorlari orqali 457,3 mingga yaqin haydovchi faoliyat yuritmoqda. Ularning yarmidan koʻpi, yaʼni 257 629 nafari 30-50 yoshda, 50 yoshdan kattalar 33 477 kishi, yoshlar esa 166 207 nafardir. Bundan tashqari, 3 480 nafar ayol ham taksistlik qilmoqda.
Yoʻlovchi tashishda eng koʻp xizmat qilayotgan mashina Cobalt boʻldi. Undan keyin Nexia va Lacetti turibdi. Elektromobillar esa ushbu xizmatdagi avtomobillarning 1,8%ini tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, 7 oy davomida taksi xizmatini koʻrsatgan 1,8 ming haydovchi 100 million soʻmdan ortiq daromad oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring