Oʻzbekistonda yangi kanal ish boshladi. Uning auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar

22:37 23 Mart 2021 Madaniyat
2682 0

22-martida Oʻzbekistondagi birinchi bolalar taʼlim va koʻngilochar telekanali AQLVOYʻning translyatsiyasi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda 10 yoshgacha boʻlgan 7,5 milliondan ortiq bola yashaydi, soʻnggi yillarda bolalar auditoriyasi doimiy ravishda oʻsib bormoqda. Shu sababdan oʻzbek tilidagi yuqori sifatli tarbiyaviy va koʻngilochar bolalar televizion kontenti zamon talabiga aylanmoqda.

«Kanal Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Xitoy kabi oʻnlab mamlakatlarda taniqli jahon studiyalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi animatsion seriallar va dasturlarni namoyish etib boradi.

Eng muhimi, barcha tarkib litsenziyalangan va faqat rasmiy ravishda sotib olinadi. Ayni paytda Sony, Disney, Universal kabi yirik kinokompaniyalar bilan animatsiya toʻplamini xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda», dedi telekanalning bosh ijrochi direktori Vela Fidel.

AQLVOY telekanalining asosiy auditoriyasi 3 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalar, “Alfa” avlodi, raqamli olam daholari. Telekanali ertalab soat 7 dan kechki 22 gacha efirga uzatiladi. Kelajakda onlayn translyatsiya ham rejalashtirilgan.

Kanal tarmogʻida oʻzimiz ishlab chiqargan, Maktabgacha taʼlim vazirligining soʻnggi metodik ishlanmalarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan dasturlar ham mavjud, masalan:

“Bilasanmi” - bolalarga tabiat hodisalari, hayvonot dunyosi, oʻsimliklar, fasllar, Yer, dinozavrlar va boshqa koʻplab narsalar qanday paydo boʻlganligi haqida hikoya qiluvchi hayajonli va kognitiv dastur.

 “Quvnoqvoy” telekoʻrsatuvi orqali bolalar zavq va katta ishtiyoqda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanadilar. Dastur erta bolalikdan toʻgʻri odatlarni shakllantirishga yordam beradi - jismoniy tarbiya va toʻgʻri ovqatlanish ga oʻrgatadi.

 “Bilimdon” bu musiqiy dastur boʻlib, u bolalarni qoʻshiqlar orqali: ingliz tili, kamalak ranglari, atrofdagi olamning qiziqarli hodisalarini oʻrgatadi.

 “Eli va Bob” dasturining asosiy maqsad - bu bolalar taʼlim- tarbiyasidir va taʼlimidir. Masalan, nima uchun nonushta foydali, ziyofatda va koʻchada oʻzini qanday tutish kerakligi, qanday kasblar va nima uchun ular muhim ekanligi va h.k.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?