O’zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ish boshlashi mumkin
“UAZ” MChJ O’zbekistonda o’z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish masalasini o’rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang’ich bosqichda”, — deydi “UAZ”ning MDH bo’yicha savdo bo’limi boshlig’i Aleksey Zabolotnov.
“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni O’zbekistonda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish. O’zbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, — deb aytib o’tgan Aleksey Zabolotnov Toshkentda bo’lib o’tayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko’rgazmasida.
Zabolotnov ma’lum qilishicha, ayni damda “UAZ” vakilari “O’zavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o’rganib chiqishmoqda. Tomonlarga kelishuvga erishsa O’zbekistonda “UAZ”ning “Patriot”, “Pickup” va “Profi” modellarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishi mumkin.
“Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko’rsatish borasida biz, an’anaviy ravishda, g’arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — deydi u.
Sotuv rejalari borasida, 2018 yilda “UAZ” O’zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000taga etkazmoqchi. 2017 yilda ushbu ko’rsatgich 400tani tashkil qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring