Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Illyustrativ foto
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar mamlakatimiz uchun ham tatbiq etiladi. Yadroviy javobgarlik rejimi yadroviy falokat yuz bergan taqdirda Oʻzbekiston xalqiga tovon toʻlanishini taʼminlaydi.
Vena konvensiyasiga qoʻshilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini taʼminlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi. Bu esa, milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Konvensiyaga qoʻshilish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilash;
- yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilash va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratish;
- milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yadro xavfsizligi sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini taʼminlash.
Konvensiya yadroviy qurilma operatori tomonidan boshqariladigan inshootlarda sodir boʻlgan hodisalar natijasida yuzaga kelgan yadroviy zarar uchun operatorning javobgarligini, shuningdek yadroviy zarardan moliyaviy himoyani taʼminlash uchun minimal talablarni belgilaydi.
Mazkur Konvensiyani ratifikatsiya qilish atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish koʻlami kengayib borayotgan hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining bu boradagi huquq va majburiyatlarining xalqaro darajada tan olinishiga va natijada yetkazilishi mumkin boʻlgan yadroviy zararlarning oʻrnini qoplanishi kafolatlanishiga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring