Oʻzbekistonda Tatariston madaniyat kunlari boshlandi
Tatar xalqi taniqli rassom Chingiz Axmarov suratlari bilan nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun dunyo xalqlarining soʻnmas mehr-muhabbatini qozongan. Qolaversa, Rim Geniatullin, Galiya Izmaylova va boshqalar kabi fan, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va sanʼat sohasidagi koʻplab taniqli kishilarni xalqimiz katta hurmat bilan tilga oladi.
Mana shu doʻstlikning yana bir isboti sifatida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Tatariston madaniyat kunlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va ikki xalq sanʼat ustalarining konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbirda tatar madaniy markazi faollari, Oʻzbekistondagi tatarlar, diplomatlar, jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat xodimlari ishtirok etdi.Teatr foyesida badiiy-amaliy sanʼat koʻrgazmasi, shoir va yozuvchilarning kitoblari taqdimoti, sanʼatkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi“
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring