Oʻzbekistonda super-kontrakt bekor qilindimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda super-kontrakt toʻliq bekor qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan 393-sonli qaror oʻz kuchini yoʻqotgan.
393-sonli qarorga muvofiq, avval kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi oʻquv yiliga amaldagi oshirilgan toʻlov-kontraktning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha belgilangan eng yuqori miqdorining (oʻquv yiliga amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining) 2 barobariga teng toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi berilar edi.
Bildirilishicha, hozirgi kunda aynan shu tartib bekor qilingan.
Endilikda toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
• 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
• 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
• 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
• 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.
Taʼkidlanishicha, qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlarioliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring