Oʻzbekistonda soʻnggi yarim yilda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari 2 barobarga koʻpaydi
2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning 48 mingdan ortiq holati aniqlandi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 121 foizga koʻp, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, Senatning Yoshlar, ayollar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Qodirxonova mazkur holatlar keskin ortib borayotgani sababli Oila va ayollar qoʻmitasi raisi Zulayxo Mahkamovaga senatorlik soʻrovini yoʻlladi.
Senatorning taʼkidlashicha, qonun va chora-tadbirlar qabul qilinganiga qaramay, soʻnggi yillarda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari koʻpaygan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida 48 303 ta shunday holat qayd etilgan. Eng koʻp holatlar Toshkent viloyati (9 414), Buxoro viloyati (5 612), Qashqadaryo viloyati (5 268) va Andijon viloyatida (4 808) roʻy bergan. Shu davrda 930 nafar ayolga takroriy himoya orderi berilgan.
Senatorlik soʻrovida qoʻmita va uning tuzilmalari tomonidan bunday holatlar sabablarini aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda mahallalarda tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar yuzasidan asoslangan tushuntirish taqdim etish soʻralgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring