Oʻzbekistonda soʻnggi bir oyda 86 mlrd soʻmdan ortiq gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlandi

08:37 07 Sentyabr 2025 Iqtisodiyot
146 0

Foto: Oʻzenergoinspeksiya

2025-yil avgust oyida Oʻzbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 179 ta holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Hisob-kitoblarga koʻra, bir oy davomida 8,7 mln kub metr tabiiy gaz (27,5 mlrd soʻm) va 36,8 mln kVt/soat elektr energiyasi (58,9 mlrd soʻm) talon-toroj qilingan. Jami zarar miqdori 86 mlrd 571 mln soʻmni tashkil etgan.

Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish boʻyicha 476 ta maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgani maʼlum qilindi.

Barcha qoidabuzarlarga nisbatan choralar koʻrilgan, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер