Oʻzbekistonda soʻnggi bir oyda 700 mingdan ortiq yoʻl harakati qoidabuzarligi aniqlandi

11:37 20 Avgust 2025 Jamiyat
76 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻtgan oy davomida yurtimizda yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari keskin oshdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 15-iyul — 15-avgust kunlari orasida jami 707 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan.

Shu davr mobaynida:

85 mingga yaqin transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan;

153 ming nafar fuqaro avtomashina, velosiped yoki aravachalarini nazoratisiz qoldirgani uchun ogohlantirilgan va ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Shuningdek, harakat xavfsizligini taʼminlash va tirbandliklarni oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:

18 700 ta yoʻl belgisi, 270 ta svetofor oʻrnatilgan, 772 ming kv. metr yoʻl chizigʻi chizilgan, 580 ta koʻtarilgan piyodalar yoʻlagi tashkil etilgan, 7 100 ta svetofor taʼmirlangan;

fuqarolar va tashkilotlar tomonidan noqonuniy oʻrnatilgan shlagbaum hamda taqiqlovchi belgilar tufayli yopilgan 18 ta koʻchada harakat qayta tiklangan.

IIV maʼlumotiga koʻra, koʻrilgan choralar natijasida oʻtgan oyga nisbatan yoʻl-transport hodisalari 41,3 foizga kamaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер