Oʻzbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot toʻlangani ochiqlandi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda joriy yil yil boshidan beri soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga jami 24,1 mlrd soʻm mukofot toʻlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar qildi.
Bildirilishicha, 2025-yilning oʻtgan yanvar sentyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 82 857 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
- 74 970 tasi xarid cheki bermaslik;
- 3 001 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 184 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 4 702 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 41 702 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan. Ushbu murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,8 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat boʻyicha undirilgan jarima summasidan 20 foiz — 24,1 milliard soʻm mukofot toʻlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring