Oʻzbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda AES qurish boʻyicha imzolangan shartnoma kuchga kirdi
26-iyun kuni “Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik boʻlimi rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) maydonida qurilish boʻyicha birinchi shtab tashkil etildi. Bu haqda “Oʻzatom” agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qurilajak 6 blokli AES uchun kuz oylarida infratuzilma obyektlari yaratilishi reja qilingan. Tomonlar shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash, barcha infratuzilma bilan taʼminlangan quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, “Oʻzatom” agentligi rahbari ishtirokida AES qurilishi boʻyicha shartnomaning kuchga kirishi toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolandi. Bayonnomani “Oʻzatom” agentligi AES qurilish direksiyasi direktori Otabek Omonov va “Atomstroeksport” AJning Markaziy Osiyoda AES qurilishi loyihasi direktori Pavel Bezrukov imzoladi.
Rossiya delegatsiyasining qurilish maydoniga tashrifi doirasida Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev bilan ham uchrashuv tashkil etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring