Oʻzbekistonda qarzi 100 million soʻmdan oshgan nechta ishlab chiqaruvchi borligi ochiqlandi? Ularning umumiy qarzdorligi 1,27 trillion soʻmdan oshgan

2024-yil 1-dekabr holatiga koʻra, 100 million soʻmdan yuqori soliq qarzi mavjud ishlab chiqarish korxonalari soni 927 ta boʻlib, ularning jami qarzdorligi 1 trillion 270,1 milliard soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichda TOP-10 yirik qarzdor korxonalar jami 396,7 milliard soʻm bilan yetakchilik qilmoqda. Qayd etish kerakki, bu umumiy qarzdorlikning 31,2 foiziga teng.
“Fiskal tahlillar” portali maʼlumotlariga koʻra, hududlar kesimida eng koʻp soliq qarzdorligi yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI 245,1 milliard soʻm bilan birinchi oʻrinni egalladi. Andijon viloyati 235,7 milliard soʻm bilan ikkinchi, Toshkent viloyati esa 190,3 milliard soʻm bilan uchinchi oʻrinda bormoqda.
Soliq qarzi eng yuqori boʻlgan korxonalar roʻyxatida “Zumrad Textil” MCHJ birinchi oʻrinda va uning qarzi 92 milliard soʻmni tashkil qildi. Ikkinchi oʻrinni “Adam Proof” MCHJ QK egallab, 72,9 milliard soʻm, uchinchi oʻrinni esa “Eyvalek-Technology” MCHJ 49,7 milliard soʻm bilan yakunladi.
Shuningdek, boshqa yirik qarzdor korxonalar orasida “Asl Billur” MCHJ (40,5 mlrd soʻm), “Petromaruz Uzbekistan” MCHJ (40,1 mlrd soʻm) va “VM Jewellery” MCHJ (25,4 mlrd soʻm) kabi tashkilotlar bor. “Surxon Cotton Textile Cluster” MCHJ va “Great Circle” MCHJ ham roʻyxatda yuqori oʻrinlarni egalladi.
Hududiy koʻrsatkichlarda Surxondaryo viloyati (72,4 mlrd soʻm), Qoraqalpogʻiston Respublikasi (54,5 mlrd soʻm) va Fargʻona viloyati (52,2 mlrd soʻm) ham yirik qarzdorlar qatoridan joy oldi. Eng past koʻrsatkich esa Navoiy viloyatida qayd etilib, uning soliq qarzi 10,4 milliard soʻmni tashkil etdi.
Soliq qarzdorligini kamaytirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Soliq organlari moliyaviy tartibsizliklarni bartaraf etish va ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini yaxshilash boʻyicha ishlashni davom ettirishi maqsadga muvofiqdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring