Oʻzbekistonda qariyb 20 ming fuqaroni noqonuniy ravishda umraga yuborgan shaxslar qo'lga olindi (+video)
Oʻzbekistonda 20 mingga yaqin fuqaroni noqonuniy yoʻllar bilan umra va hajga yuborganlar qoʻlga olindi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari davomida 1984-yilda, Andijon viloyatida tugʻilgan ayol “Jalolquduq Aviatrans” MCHJda norasmiy turagent vazifasini bajarib, jami 19 ming 547 nafar fuqarolarni jalb qilib, noqonuniy umra tadbirini tashkil etgani fosh qilingan.
Mazkur MCHJ tomonidan 2024–2025-yillar davomida fuqarolardan 22 million 846 ming 590 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullar olingan. Davlat va jamiyat manfaatlariga yetkazilgan jami zarar 1 milliard 819 million soʻmdan ortiq, soliq va boshqa yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik holati boʻyicha esa 15 milliard 363 million soʻmdan ortiq mablagʻ hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, tashkilot tomonidan Saudiya Arabistoniga yuborilib, ogʻir ahvolda hech qanday sharoitlarsiz qolib ketgan jami 534 nafar fuqaro maxsus reyslar orqali mamlakatimizga olib kelingan.
Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan 14 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 13 nafar shaxs qoʻlga olingan.
“Barcha fuqarolardan haj va umra safarlariga borish uchun Oʻzbekiston musulmonlar idorasiga, umra safariga xususiy sektor orqali borish istagida boʻlgan hollarda esa umra ziyoratini tashkil etish uchun maxsus litsenziyaga ega tur firmalarga murojaat qilishlarini, shuningdek, shartnoma va toʻlov hujjatlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirishlarini, shubhali shaxslarga ishonmasliklarini qatʼiy tavsiya etamiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring