Oʻzbekistonda qancha goʻsht va kartoshka yetishtirilgani aytildi

09:02 17 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
219 0

2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 292,7 trln soʻmni tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 104,1 % yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 23,7 %ni tashkil etgan.

Bu haqda Statistika agentligi tomonidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida oʻtkazilgan ochiq muloqotda axborot berildi.

Joriy davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmi:

— Donli ekinlar – 7 mln tonna

— Sabzavotlar – 8,1 mln tonna

— Kartoshka – 2,7 mln tonna

— Poliz ekinlari – 1,6 mln tonna

— Meva va rezavorlar – 2,3 mln tonna

— Uzum – 1,3 mln tonna

— Goʻsht (tirik vaznda) – 2 mln tonna

— Sut – 8,6 mln tonna

— Tuxum – 6,1 mln dona

— Baliq – 91,2 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер