Oʻzbekistonda qancha fuqaro birinchi marta Prezidentlik saylovida qatnashishi aytildi

08:39 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
871 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti uchrashuvida Oʻzbekistonda qancha fuqaro birinchi marta Prezident saylovida qatnashishi maʼlum qilindi. Bu haqda “Bugun.uz” xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 17-oktabr kuni Yoshlar ijod saroyida Yoshlar parlamenti tomonidan “Saylov yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtgan. Unda prezidentlik saylovida yoshlarning ishtiroki va saylov qonunchiligi yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazilgan. Shuningdek, Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, fuqarolarning saylovdagi huquq va erkinliklari haqida tushintirishlar berilgan. Taʼkidlanishicha, “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi fuqarolarning saylov huquqi kafolatlarini, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini yanada kengroq taʼminlashda muhim omil boʻlgan.

Qayd etilishicha, prezidentlik saylovida umumiy saylovchilarning qariyb 7 millioni yoshlarni tashkil etsa, ulardan 880 mingtasi birinchi marta saylovda qatnashadi. Taʼkidlanishicha, hozirgacha Yoshlar parlamenti yoshlarning, xususan, ilk saylovchilarning saylovlarda ishtirok etishi va ularning saylov haqidagi bilimlarini mustahkamlashga oid respublika boʻylab 124 ta davra suhbati, targʻibot ishlari olib borgan. Bundan tashqari, “Parlament muxlisi” loyihasining soʻnggi 4 ta soni aynan saylov jarayonlariga, siyosiy partiyalar faoliyatiga bagʻishlangan. Bundan tashqari, Yoshlar parlamenti aʼzolari ijtimoiy tarmoqlarda “Biz boʻlmasak kim?” xeshtegi ostidagi chellenjga start bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?