Oʻzbekistonda Prezident Farmoni bilan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

18:06 30 Noyabr 2021 Hujjatlar
2466 0

Arxiv surat

Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya milliy xavfsizlikning asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan respublikamizda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini belgilovchi muhim hujjat sifatida namoyon boʻldi.

Uning asosida huquq-tartibot va boshqa masʼul idoralarning faoliyati “Barcha saʼy-harakatlarimiz inson qadri uchun” degan ustuvor gʻoya asosida yanada kuchaytiriladi.

Bunda milliy manfaatlari sifatida:

jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash;

aholining huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligi, fuqarolik masʼuliyatini oshirish;

davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini mustahkamlash, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish;

mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini oshirish;

jamiyatda millatlararo va dinlararo munosabatlarni, diniy bagʻrikenglik madaniyatini, doʻstlik, oʻzaro hamkorlik va gumanizmni har tomonlama mustahkamlash kabi ustuvor maqsadlar koʻzlanadi.

Konsepsiya ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni inobatga olgan holda tayyorlangan hamda jamoat xavfsizligi sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlari, jamoat xavfsizligini taʼminlovchi 10 ta idoralarning aniq vazifalari belgilanmoqda.

Ilk marotaba, mazkur yoʻnalishda huquq-tartibot idoralar bilan bir qatorda Mahalla vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va mahalliy hokimliklar masʼuliyati ham belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?