O‘zbekistonda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” yakunlandi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
O‘zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan «Mehnatni muhofaza qilish haftaligi» doirasida qator muhim tadbirlar amalga oshirildi. Xalqaro konferensiyalar, ochiq eshiklar kunlari, xotira aksiyalari, sport musobaqalari va yoga mashg‘ulotlari tashkil etildi. GM Auto Power Train va boshqa yirik korxonalar faoliyati o‘rganildi, «Better Work» dasturi doirasida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Mehnat xavfsizligi sohasidagi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Konfederatsiya huzurida Ish beruvchilar kengashi tuzilgan bo‘lib, unda Texnopark, Indorama, UzAirways va boshqa yirik kompaniyalar faol ishtirok etmoqda.
Hafta mobaynida Konfederatsiya 4 ta muhim yo‘nalish — qonunchilikni yangilash, mehnat inspeksiyasining maqomini oshirish, davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash va axborot tadbirlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tashabbuslar bilan chiqdi.





Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring