Oʻzbekistonda mebellar narxi 50 foizgacha arzonlashishi mumkin
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
“Xalq soʻzi” muxbiri Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarovdan qaror bilan qanday oʻzgarishlar kutilayotgani haqida soʻradi. Xususan rais “Mebellar narxi necha foizgacha tushadi”, degan savolga quyidagicha javob berdi.
«Qaror bilan mebellarni 50 foizgacha narxini arzonlashtirishimiz mumkin boʻladi. Sababi eksport va import qilishdagi xomashyolarni 0 qiymatida olib kelishni boshlaymiz. Xomashyo uchun sarflanadigan xarajatni ham 50 foizgacha davlatdan subsidiya tariqasida olish mumkin.
Ikkinchisi eksportdagi xarajatlar ham, yaʼni logistika xarajatlari ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Shu jihatdan biz 50 foizgacha rejalashtiryapmiz va buni klaster qilish asnosida narx-navolarni tushirib boramiz. Yaʼni qancha koʻp mahsulot ishlab chiqarilsa, uning tannarxi shuncha tushib boradi», deydi Umarov.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun yoʻlkira eng asosiy xarajatlardan biri hisoblanadi. Bu uchun berilayotgan yengillik natijasida mebelsozlik sohasida katta yutuqlarda erishish mumkin.
Shahnoza TOʻRAMURODOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring