Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazi tashkil etiladi
“Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–288-son, 19.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilishga nodavlat notijorat tashkilotlar jalb etilib, ular tomonidan muqobil baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, Agentlik har yili 1-aprelgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashga quyidagilarni kiritib boradi:
— NNTlarning korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi loyihalari va ularni tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan moliyalashtirish yuzasidan takliflar;
— korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki, jumladan, ular tomonidan amalga oshirilgan loyiha, tadqiqot va oʻrganishlar toʻgʻrisida axborot.
Bundan tashqari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish muammolari boʻyicha mintaqaviy tadqiqot markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi.
Aholining, ayniqsa, yoshlar, fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini oshirish, jamiyatda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish masalalarini tadqiq etish Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring