Oʻzbekistonda kichik biznes eksporti 12 milliard dollarga olib chiqiladi
Prezident kichik va oʻrta biznes vakillari bilan sohaning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish va rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvida 2025-yil uchun sohadagi asosiy maqsad va vazifalarga toʻxtaldi.
Bular quyidagilar:
- kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini 55 foizga koʻtarib, 70 milliard dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratish;
- yangi bozorlarga kirib borishda transport, sertifikat va standart masalalariga koʻmaklashib, kichik biznes eksportini oʻtgan yilgi 9 milliarddan 12 milliard dollarga olib chiqish;
- ichimlik suvi, kanalizatsiya, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, yetkazib berish, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini 2-3 karra oshirish;
- 1,5 million doimiy ish oʻrni tashkil qilib, sohada band aholi ulushini 75 foizga yetkazish;
- 100 nafardan koʻp ishchisi bor korxonalarni 4 mingtaga olib chiqish;
- kichik biznesda yangi 100 ta brend mahsulot chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
- kichik biznes ishtirokida 200 ta startap loyihalarni moliyalashtirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring