Oʻzbekistonda xususiy shifoxonalar ulushi qancha ekanligi maʼlum boʻldi
Hozirda xususiy tibbiyot muassasalari soni 9 000 dan oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yil holatida xususiy shifoxonalar soni qariyb 3,5 mingtani tashkil etgan. Bugunga kelib ularning soni 9 000 dan ortdi.
Tibbiyotning nodavlat sektorida ixtisoslik turlari 50 tadan 225 taga oshdi. Shuningdek, xususiy shifoxonalarning tibbiyot ixtisosliklari boʻyicha litsenziya olishiga imkon yaratildi. 3 700 dan koʻproq mavjud nodavlat klinikalar yangi tibbiy ixtisoslik hisobiga oʻz faoliyatlarini kengaytirdi.
Ayni paytda respublikadagi barcha tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan oʻrin-joylarning 35 foizi xususiy sektor ulushiga toʻgʻri kelmoqda. Yaʼni soʻnggi yillarda nodavlat tibbiyot klinikalarida statsionar shifo oʻrinlari soni sezilarli darajada ortib, 2024-yilda 42 750 ga yaqinlashdi.
Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalarining barchasida ambulator, 1530 dan ortigʻida statsionar xizmatlari tashkil etilib, ular tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat turlari 726 tadan 2 251 taga oshdi.
Laboratoriya xizmatlarining 40 foizi, oftalmologiya va operativ oftalmologiyaning 60 foizi, LOR va endoskopik LORning 70 foizi va stomatologik tashxis hamda muolajalarning 91 foizi aynan xususiy klinikalar tomonidan koʻrsatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring